Yoshlar sanoat zonalarida bino oladigan yosh tadbirkorlarga uskunalar sotib olish uchun 500 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratiladi. Mamlakat hududlarida ijodiy sanoat parklari paydo bo‘ladi. “Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yosh jalb etiladi.
“Aloqabank” 200 mln dollar hisobiga yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi. Bank ayrim yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratadi. Milliy bankka oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash uchun 100 mln dollar resurs beriladi.
O‘zmilliybank investitsiya kompaniyasi orqali developerlardan tijorat ko‘chmas mulklarini sotib oladi va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun xizmat ipotekalarini joriy qiladi. Buning uchun 500 mlrd so‘m ajratilishi reja qilinmoqda. Prezident bankka 3 mln kishini ish bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi.
O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, — dedi “O‘zatom” rahbari.
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk mashinalari yana uch yil davomida bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga parvozlar sonini ikki baravar oshirish buyurildi.
Prezident barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beruvchi platformani ishga tushirish kechikayotganini ta’kidladi. “Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, — dedi u. O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish jarayonini tezlashtirish buyurildi.
Prezident mutasaddilarga oktabrga qadar 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi. Davaktiv agentligining riyeltor va baholovchini imtihon qilish, Turizm qo‘mitasining gidlarga sertifikat berish vakolatlari xususiy sektorga o‘tishi mumkin.
Toshkent viloyatida malayziyalik tadbirkorlar uchun barcha imtiyozlarga ega maxsus iqtisodiy zona tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti. Ularni O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qilib, har bir loyiha bo‘yicha alohida hukumat qarori chiqarilishini ta’kidladi.
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumda ishtirok etdi. Forumda transport, savdo, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev maqsad munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida bojxona, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma va 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejasi imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri 2025−2026-yillarni o‘zaro sheriklikni innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib oldi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti uchun platforma yaratiladi, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va sanoat kooperatsiyasi dasturi ishlab chiqiladi.
Kuala-Lumpurdagi hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev 4−5-fevral kunlari Malayziyada bo‘ladi. Rasmiy tashrif davomida mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, qo‘shma biznes forumi va boshqalar o‘tkaziladi. Ikki davlat o‘rtasida qo‘shma bayonot va qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Tomorqa va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuzilib, uning huzurida UzAgroStar xoldingi va meva-sabzavot yetishtiruvchi kompaniyalar tashkil etiladi. Foydalanilmagan yerlar uchun soliq stavkasi oshiriladi.
O‘zbekiston prezidenti AQShning Vashington shahridagi aeroportda aviahalokat yuz berishi oqibatida bir necha o‘nlab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan Donald Trampga ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi. Foto.
Islom sivilizatsiyasi markazi “tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, dedi prezident.
Prezident 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atini kamida 6 foiz darajasida saqlab qolish va YAIM hajmini 125 mlrd dollardan oshirish vazifasini qo‘ydi. Rahbarlarga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15−20 foizgacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
O‘zbekistonda jami quvvatlardagi “yashil” energiyaning ulushini 16 foizdan 26 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar jalb qilinadi. Prezident resurs tejaydigan iqtisodiyot modelga o‘tish vaqti kelganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti saylov natijalari Belarus xalqi amaldagi prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani va islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgani tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting